Новые песни MP3
слушать и скачать бесплатно
Doxxim - Paxta Ishi
320 kbps

Paxta Ishi

Doxxim
  • Слушали: 0
  • Размер: 9 MB
  • Длительность: 03:55
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 17 октябрь 2026
Скачать MP3
Слушать песню
Doxxim - Paxta Ishi доступна на MuzForce в MP3 формате: слушайте трек онлайн или скачайте файл в качестве 320 kbps. Удобно для телефона, компьютера, дороги, тренировки и личного плейлиста.
Текст песни Комментарии 0
Bir ming to'qqiz yuz sakson uchinchi yil SSR davlatidagi oxirgi qatag'on ham o'zbeklar boshiga tushdi.
Tarixda bu qatag'on o'zbek ishi yoki paxta ishi nomi bilan qoldi.
Besh yil davom etgan bu qamaqamada kimlardir tergov izolyatorlarida jon berdi, kimlardir o'zini o'zi o'ldirdi,
yana kimlardir qamaldi. Besh yil davomida qirq ming o'zbeklar, zero yuqori mansabdagi amaldorlarning ko'plari
jinoiy javobgarlikka tortildi.
Tergov ishlarining boshida esa Telman Gitlyan va Nikolay Ivanov turardi.
Nuradim dalalarda meni qariti paxta.
Sug'orib g'uzalarni o'zim chanqab qonolmadim.
Boshimni oftob urdi, tovonlarim bo'ldi zaxta.
Sen bazimlar qurgan mahal men bir bor dam olmadim.
Qonimni ichib kelding butun umrim davomi.
Tazim qilib keldim senga nazaringga olmading.
O'zbekni talab kelding, qamab kelding haromi.
Men ochlikdan o'lmadim, sen yorilib o'lmading.
Oxirgi luqmamni ham senga berdim ochofat.
Dalalarda tunab qoldim, ishladim tinim bilmay.
Umrimni senga berdim, yashadim qilib toqat.
Sen borlab so'kding, urding boshim egdim indamay.
Ayollar o'zlariga o't qo'yib yub orishdi.
Ziyon edi bu zulmkor vaxshiy tuzumga qarshi.
Go'daklar ozib-to'zib kasallanib yurishdi.
Seni qorning to'q edi, senda hammasi yaxshi.
Dalalarni yashnadi o'zbek. O'zi nuran bado bo'lardi.
G'uzasini asrabo ko'zdek. O'zi xasta bo'lib bo'lardi.
Dalalarni yashnadi o'zbek. O'zi nuran bado bo'lardi.
G'uzasini asrabo ko'zdek. O'zi xasta bo'lib bo'lardi.
Moskva tomonidan Sharof Rashidov zimmasiga olti million tonna paxta plani bajarish topshirilgan edi.
Ammo yerning unumdorligi, suv muammosi va albatta ishchi kuchi yetishmasligini hisobga olsa, bu bajarish
imkonsiz bo'lgan ish edi. Nafijada qo'shib yozish degan ishlar ham ilojsizlikdan qilinadi.
Moskvada o'tirgan kattakonlarning o'zlari pora evaziga plan bajarilishini shama qilishadi.
Albatta o'sha paytlar qo'shib yozish siyosati SSRning barcha mamlakatlarda urchib ketgan edi.
Ammo Andropovning Rashidovga bo'lgan shaxsiy adovati faqat o'zbeklarnigina jinoyatda ayblashi uchun yetarli
bo'ldi.
Yetarli bo'ldi. Mozorlarimga paxta ektirding sen kasofat.
Oxiri qamoqlarda o'pkamni sahlar yedi.
Butun umrim mehnat bilan o'tdi, ko'rmadim rohat.
Tag'in o'zbekni qamab o'g'ri poraxo'r dedi.
Sen otamni sibirlarda o'ldirding musqarada.
Boyliklarimni tashib yotib yeding, kemirding.
E'tiqodim, erkinligim ayirding sen baridan.
Sen bolamdan tortib olib o'z bolangga yedirding.
Qonlar quitim dalamda zahar yutib chang bilan.
Sen dengizda dam olgan paytop bog'oyim chang bilan.
Men yeganim qattiq non, ariqlardan suv ichdim.
Soxta g'oyalaringga, yolg'onlaringga uchdim.
Nuradim dalalarda meni qariti paxta.
Sug'orib g'uzalarni o'zim chanqab qonolmadim.
Boshimni oftob urdi, tovonlarim bo'ldi zaxta.
Sen bazimlar qurgan mahal men bir bor dam olmadim.
Dalalarni yashnadi o'zbek. O'zi nuran bado bo'lardi.
G'uzasini asrabo ko'zdek. O'zi xasta bo'lib bo'lardi.
Dalalarni yashnadi o'zbek. O'zi nuran bado bo'lardi.
G'uzasini asrabo ko'zdek. O'zi xasta bo'lib bo'lardi.